🏢 Muhtasham Holding | IT / ERP

📢 UI/UX DIZAYNER (ERP TIZIM)

Bizda allaqachon qurilgan ERP tizim mavjud.
Endi uni keyingi bosqichga olib chiqish uchun kuchli UI/UX dizayner qidiryapmiz.

🎯 ASOSIY VAZIFALAR:

• Yangi modullarni loyihalash
• Mavjud funksiyalarni yaxshilash
• Interfeys va user flow ishlab chiqish
• Murakkab jarayonlarni soddalashtirish
• Tizim darajasida yechim berish

🧠 TALABLAR:

✔️ Figma dasturini bilishi yoki tez o‘rganishga tayyor bo‘lishi
✔️ Biznes logika haqida boshlang‘ich tushuncha
✔️ Tizimli fikrlash
✔️ Murakkab jarayonlarni soddalashtira olish
✔️ Jamoa bilan ishlash qobiliyati

💡 MUHIM:

UI — bu ko‘rinish
UX — bu qulaylik va mantiq

Bizga oddiy “rasm chizuvchi” emas, balki
tizim darajasida fikrlaydigan va yechim beradigan dizayner kerak.

🚀 BIZ NIMANI QIDIRYAPMIZ:

• ERP/CRM tizimlar qanday ishlashini tushunadigan
• Foydalanuvchi uchun qulay jarayonlar qura oladigan
• Faqat dizayn emas, natija haqida o‘ylaydigan mutaxassis

⭐️ USTUNLIK BO‘LADI:

• ERP, CRM yoki ishlab chiqarish tizimlari bilan tajriba
• Murakkab modullar bilan ishlagan bo‘lishi
• Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan interfeys qilish tajribasi

💼 ISH HAQIDA:

• Hozirgi dizayner barcha jarayonlarni o‘rgatadi
• Ish bosqichma-bosqich topshiriladi
• Real tizim ustida ishlash va tez o‘sish imkoniyati

💰 ISH HAQI:

500 – 1000 USD
📊 Berayotgan qiymati, bilim, ko‘nikma va tajribasiga qarab belgilanadi

💡 NEGA BU QIZIQ:

🤖 Sun’iy intellekt va ERP tizimi bilan ishlash
📊 Katta tizimda real muammolarni yechish
📈 Tez o‘sish va kuchli tajriba