Abba Marketing — 2019-yildan buyon faoliyat yuritib, 1500+ loyihalarni amalga oshirgan marketing agentligi. Biz web-saytlar, SMM, marketing strategiyalar va reklama kampaniyalari ustida ishlaymiz. Yirik brendlar bilan ishlaymiz va hozir texnik jamoamizni kuchaytirmoqdamiz.

Jamoamizga WordPress Developer kerak — Elementor emas, to‘liq custom code orqali ishlay oladigan kuchli mutaxassis.

Vazifalar:

  • WordPress’da custom theme va funksional ishlab chiqish (noldan)
  • Elementor va tayyor konstruktorlarsiz kod orqali ishlash
  • Dinamik admin panel (ACF, custom post types va boshqalar) yaratish
  • Backend logikasini yozish va optimizatsiya qilish
  • Loyihalarni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash
  • Texnik topshiriq asosida toza va strukturali kod yozish

Talablar:

  • WordPress’da kamida 3+ yil tajriba
  • PHP, MySQL, HTML, CSS, JS bo‘yicha mustahkam bilim
  • Custom theme development tajribasi
  • ACF, Custom Post Types, hooks bilan ishlash
  • Admin panelni dinamik va qulay qilib bera olish
  • Git bilan ishlash
  • Mas’uliyat va deadline’ga rioya qilish
  • Portfolio va real loyihalar majburiy

Qo‘shimcha ustunliklar:

  • WooCommerce bilan ishlash tajribasi
  • Sayt tezligini optimizatsiya qilish (PageSpeed)
  • API integratsiyalar
  • Server va hosting bilan ishlash tajribasi

Ish sharoiti:

  • Format: Outsource / loyiha asosida
  • To‘lov: Har bir loyiha bo‘yicha (kelishuv asosida)
  • Uzoq muddatli hamkorlik imkoniyati

Bizga kuchli skill va toza kod yozadigan developer kerak.