Biz kimni qidirmoqdamiz?

Biz jamoamizga yuqori yuklama ostida ishlaydigan production darajadagi tizimlarni yaratish tajribasiga ega kuchli Senior PHP dasturchini qidirmoqdamiz. Fintech yoki to‘lov tizimlari bilan ishlaganlik katta ustunlik hisoblanadi.

Asosiy vazifalar:

Yuqori yuklama ostida ishlaydigan backend tizimlarni ishlab chiqish

Payment gateway integratsiyalarini amalga oshirish

Transaction processing logikasini yozish va qo‘llab-quvvatlash

Kod review jarayonida ishtirok etish va junior dasturchilarga mentoring

Arxitekturaviy qarorlar qabul qilishda ishtirok etish

Tizim performance monitoring va optimizatsiyasini amalga oshirish

Talablar:

PHP bo‘yicha kamida 5+ yil professional tajriba

Laravel (Service Container, Queues, Events, Horizon, Octane) bilan ishlash tajribasi

Symfony (Dependency Injection, Messenger, Doctrine) bilan ishlash tajribasi

Yii2 yoki Laminas bilan ishlash (ustunlik)

RESTful API va microservice arxitekturasini tushunish

SOLID, Clean Architecture va DDD prinsiplari

PostgreSQL bo‘yicha chuqur bilim (JOIN, indexing, query optimizatsiya, transaction, isolation level)

Redis va caching strategiyalari bilan ishlash tajribasi

Docker bilan ishlash

Git va CI/CD jarayonlarini tushunish

Qo‘shimcha ustunliklar:

To‘lov tizimlari bilan ishlaganlik (HUMO, Uzcard, Paynet)

ISO 8583 yoki bank integratsiya protokollarini bilish

PCI DSS talablarini tushunish

High-load transactional tizimlar bilan ishlash tajribasi

Idempotency, retry mechanism va reconciliation jarayonlari bilan ishlash tajribasi

Java yoki Spring Boot bilan ishlash tajribasi (microservice integratsiyalari uchun)

Biz taklif qilamiz:

Raqobatbardosh maosh

Fintech sohasida real high-load tizimlar bilan ishlash imkoniyati

Professional o‘sish va rivojlanish

Kuchli texnik jamoa bilan ishlash

Barqaror ish muhiti