Biz kimni qidirmoqdamiz?

Biz jamoamizga bank mahsulotlarini rivojlantirish, biznes jarayonlarni chuqur tushunadigan va samarali product yechimlar taklif qila oladigan tajribali Product Manager qidirmoqdamiz.

Asosiy vazifalar:

Bank mahsulotlari uchun product strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish

Mahsulot roadmap’ni shakllantirish va ustuvorliklarni belgilash

Bank jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirish

Foydalanuvchi ehtiyojlarini o‘rganish va mahsulotga implementatsiya qilish

Development va biznes jamoalar bilan yaqin hamkorlikda ishlash

Yangi funksiyalarni ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish

Mahsulot samaradorligini KPI va metrikalar orqali nazorat qilish

Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish

Talablar:

Product Manager sifatida kamida 5 yil tajriba

Bank sohasida kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi shart

Bank jarayonlari (kreditlash, to‘lovlar, onboarding va boshqalar)ni yaxshi bilish

Agile/Scrum metodologiyalarini yaxshi tushunish

Analitik fikrlash va data-driven qaror qabul qilish ko‘nikmasi

Jamoa bilan samarali ishlash va kommunikatsiya qila olish

Ingliz tilida texnik va biznes hujjatlarni tushunish

Qo‘shimcha ustunliklar:

Fintech yoki digital banking loyihalarda ishlagan bo‘lish

A/B testing va product analytics vositalari bilan ishlash

UX/UI prinsiplarini tushunish

API va backend jarayonlar haqida umumiy tushuncha

Biz taklif qilamiz:

Raqobatbardosh maosh

Yirik bank mahsulotlari ustida ishlash imkoniyati

Professional o‘sish va rivojlanish

Kuchli va tajribali jamoa

Barqaror ish muhiti