Vazifalar:

  • Backend servislar va REST API larni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash;
  • Mavjud tizimlarni optimallashtirish va refaktor qilish;
  • Yangi funksionallarni ishlab chiqish va tizimga integratsiya qilish;
  • Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va uning samaradorligini oshirish;
  • Kodlarni versiya nazorati tizimida yuritish;
  • Test (dev/staging) va production muhitlarda deploy jarayonlarida ishtirok etish;
  • CI/CD pipeline’larni sozlash va qo‘llab-quvvatlash;
  • Tizim ishlashini monitoring qilish va muammolarni tezkor bartaraf etish;
  • Tashqi tizimlar bilan integratsiya (API orqali ma’lumot almashish);
  • Texnik hujjatlarni yuritish va yangilab borish;
  • Jamoa bilan hamkorlikda ishlash (frontend, QA, DevOps);
  • Kod review jarayonlarida ishtirok etish va sifatni ta’minlash.

Talablar:

  • AT yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Java backend dasturlashda kamida 1 yillik ish tajribasi;
  • Java va uning ekotizimi (Core, Collections, Streams)ni yaxshi bilish;
  • Spring Framework (Spring Boot, Spring MVC, Spring Security) bilan ishlash tajribasi;
  • RESTful API larni ishlab chiqish va integratsiya qilish tajribasi;
  • HTTP metodlar (GET, POST, PUT, DELETE) va status kodlarini yaxshi tushunish;
  • JSON va XML formatlari bilan ishlash;
  • Relyatsion ma’lumotlar bazalari (PostgreSQL, MySQL va boshqalar) bilan ishlash;
  • SQL so‘rovlarini yozish (SELECT, JOIN, GROUP BY va boshqalar);
  • Hibernate yoki JPA bilan ishlash;
  • Git (GitLab/GitHub) bilan ishlash tajribasi;
  • CI/CD tushunchalari va amaliyoti (Jenkins, GitLab CI va boshqalar);
  • Mikroservis arxitekturasi haqida tushuncha;
  • Docker asoslarini bilish ustunlik beradi;
  • Rus (erkin) va ingliz (B1-B2) tillarini bilish;
  • Muddatlarga rioya qilish va jamoada ishlash qobiliyati;
  • Muammolarni tahlil qilish va yechim topish ko‘nikmasi;
  • Kod yozishda tozalik (clean code) va best practice’larni qo‘llash.

Ish sharoiti:

  • To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
  • Ish joyi bankning markaziy idorasida;
  • Ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot.