Vazifalar:
- Mobil ilova va boshqa raqamli kanallar uchun yuridik mijozlarga mo‘ljallangan raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish va rivojlantirish;
- Onlayn kredit va omonat mahsulotlari bo‘yicha sotuv strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Mijoz segmentatsiyasi asosida targetlangan takliflar va qiymat takliflarini shakllantirish;
- Cross-sell va up-sell mexanizmlarini joriy etish hamda optimallashtirish;
- A/B testlar orqali mahsulot funksiyalari, sotuv ssenariylari va dizayn yechimlarini sinovdan o‘tkazish;
- UX/CX jarayonlarida mavjud muammolarni aniqlash va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash;
- Marketing, IT va boshqa tegishli jamoalar bilan hamkorlikda mahsulot roadmap’ini boshqarish;
- Raqobatchilar tahlilini olib borish va bozor tendensiyalarini monitoring qilish;
- Asosiy biznes ko‘rsatkichlarini (conversion rate, CPA, ARPU va boshqalar) doimiy kuzatib borish va yaxshilash;
- Backlog’ni yuritish, prioritetlash va sprintlar doirasida vazifalarni bajarilishini nazorat qilish.
Talablar:
- Oliy ma’lumot (bank ishi, moliya, iqtisodiyot, matematika yoki IT yo‘nalishlarida);
- Raqamli mahsulotlar, bank yoki moliya sohasida kamida 6 yillik ish tajribasi;
- Onlayn kreditlash va omonat mahsulotlari bo‘yicha biznes jarayonlarni chuqur tushunish;
- Raqamli marketing kanallari (push, SMS, in-app, banner va boshqalar) bilan ishlash tajribasi;
- Analitik fikrlash, ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish va KPI ko‘rsatkichlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Raqamli kanallar orqali sotuv va mijoz jalb qilish mexanizmlarini tushunish;
- Agile/Scrum metodologiyalari va Product Ownership tamoyillarini bilish (afzallik beriladi);
- UX/CX asoslari va mijoz yo‘li (customer journey)ni tushunish.
Ish sharoiti:
- To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00)
- Ish joyi bankning markaziy idorasida